Lotin Amerikasiga ham Yevropa ittifoqiga o‘xshash tashkilot kerak — Meksika prezidenti
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Amerika davlatlari tashkilotini haqiqiy mustaqil organga aylantirish taklifi bilan chiqdi: Lotin Amerikasi mamlakatlariga Yevropa ittifoqiga o‘xshash tashkilot kerak. Bu haqda «Sinxua» xabar berdi.
«Ikki asr avval ishlangan model umrini yashab bo‘ldi, uning kelajagi yo‘q. Yevropa ittifoqiga o‘xshagan, biroq o‘zimizning tarix, reallik va xosligimizni aks ettiruvchi nimadir qilishimiz kerak», — dedi Lopes Obrador.
U Amerika davlatlari tashkilotini kimlarningdir xizmati qiladigan emas, balki inson huquqlari va demokratiya masalalaridagi nizolarda tomonlarning so‘rovi va roziligi asosida vositachi vazifasini o‘tay oladigan haqiqiy mustaqil organga aylanishga chorladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter