Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Londondan Singapurga uchgan samolyot turbulent oqimga uchradi: bir yo‘lovchi halok bo‘lgan

Londondan Singapurga uchgan samolyot turbulent oqimga uchradi: bir yo‘lovchi halok bo‘lgan

Londondan Singaprurga SQ 321 rreys bilan uchgan Boeing 777-300ER samolyoti kuchli turbulent oqimga uchraganidan so‘ng Tailandning Bangkok shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Hodisada bir kishi halok bo‘lgan, o‘ndan ortiq kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.

211 yo‘lovchisi va 18 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot ushbu hodisadan so‘ng Suvarnabxumi aeroportiga uchgan va mahalliy vaqt bilan 15:45 yetib borgan. Tailand rasmiylari jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida aeroportga mahalliy tibbiy brigadalarini jalb qilgan.

Singapore Airlines aviakompaniyasi tailandlik hamkasblari bilan aloqa bog‘lagani va kerakli ishlar qilinayotganini bildirgan.

«Tailandga o‘z bo‘linmamizni jo‘natamiz. Ular kerakli yordamni ko‘rsatishadi», – deb yozadi aviakompaniya. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring