Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litva Gruziyaning yangi nomini rasman tasdiqladi

Litva Gruziyaning yangi nomini rasman tasdiqladi

Foto: «Brama Group»

Litvada Gruziyaning yangi nomi — Sakartvelo (Sakartvelas) rasman tasdiqlandi. Endi bu nom barcha rasmiy hujjatlarda ishlatiladi. Ushbu o‘zgarishlar haqida Litva tili davlat komissiyasi raisi Audris Antanaytis ma’lum qildi.

Antanaytisga ko‘ra, o‘tgan yilning 21-dekabr kuni komisiya davlatning rasmiy nomini ifodalovchi Gruzija so‘zini hujjatlardan chiqarib, o‘rniga Sakartvelas so‘zini kiritishni tasdiqlagan.

«Komissiyaning ikki yil oldingi rezolyusiyasi Sakartveloni ikkinchi norasmiy nom sifatida tasdiqlagandi. Jamoatchilik yangi nomni qabul qiladimi — yo‘qmi, buning uchun muayyan muddat kerak bo‘ldi. Buni qarangki, yangi nomni xalqimiz tez o‘zlashtirdi. To‘g‘risi, buni o‘zimiz ham kutmagandik», — dedi komissiya raisi.

Gruziya nomi ham yonma-yon, faqat norasmiy ravishda ishlatilaveradi.

An’anaviy nomni o‘zgartirishni Gruziyaning o‘zi so‘ragan, aytilishicha, bu mamlakatning ruslashgan nomi.

Sakartvelo

Gruziyaliklar o‘z mamlakatini Sakartvelo deb atashadi. Bu nom mamlakat markazidagi Kartli mintaqasida yuzaga kelgan. Milliy va Vizantiya manbalariga ko‘ra, ilk o‘rta asrlarda gruzinlarning yagona millat sifatida siyosiy va madaniy shakllanishi shu hududga to‘g‘ri keladi.

Ayni paytda aksariyat tillarda mamlakatning lotincha nomi — Georgia (Georgiya) ishlatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring