Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Leykoz, ya’ni qon saratoni sababi ma’lum bo‘ldi

Leykoz, ya’ni qon saratoni sababi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Medicalxpress»

Amerikaning Kold Spring Xarborda joylashgan laboratoriya tadqiqotchilari o‘tkir miyeloid leykoz rivojiga olib keluvchi ikkita nuqsonli hujayra mutatsiyasini aniqlashdi, deb xabar beradi «MedicalXpress».

Laboratoriya professori Adrian Kreyner o‘tkir miyeloid leykozga IDH2 va SRSF2 genlar mutatsiyasi turtki bo‘lishini aytdi. Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, bu mutatsiyalar bemorga saratonni yengishda zarur bo‘ladigan eritrotsit va leykotsitlarda ilik hujayralar yetilishiga to‘sqinlik qiladi. Ayni vaqtda laboratoriyada qon saratonini davolashga yordam beradigan yangi dori yaratishga harakat qilinmoqda.

Bu tadqiqotgacha olimlar IDH2 va SRSF2 genlari faqat saraton alomatlariga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblashgan. Biroq endi kasallikning kelib chiqishiga genlar sababchi ekaniga ishonchlari komil. Kreyner endi jarayonga shifokorlar ham aralashib, kasallikning rivojlanishini to‘xtatishga urinib ko‘rishlari mumkinligini qo‘shib qo‘ydi.

O‘tkir miyeloid leykoz — xavfli qon saratoni bo‘lib, bunda o‘zgargan oq qon tanachalari jadal ko‘payadi. Kasallik tez charchab qolish, vaqti-vaqti bilan terining jarohatlanishi, infeksion shikastlanishlar orqali namoyon bo‘ladi. O‘tkir miyeloid leykoz davolanmasa, bir necha hafta yoki bir necha oyda bemorni hayotdan olib ketadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring