Lavrov va Pompeo uchrashishi mumkin
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov hamda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo shu yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi doirasida uchrashishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Ayni paytda uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Mariya Zaxarova ma’lum qilgan. Shuningdek, u bu uchrashuvda shov-shuvli hech narsa yo‘qligi, bu Bosh assambleya doirasidagi an’anaviy uchrashuv bo‘lishi haqda so‘zlagan.
«Uchrashuv qanday formatda o‘tkaziladi, qaysi masalalar ko‘riladi, nimalar muhokama qilinadi», - aynan shu masala ayni damda ko‘rib chiqilmoqda, deya qo‘shimcha qilgan u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter