Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lavrov va Pompeo Putin va Tramp sammiti arafasida uchrashmaslikka qaror qilishdi

Lavrov va Pompeo Putin va Tramp sammiti arafasida uchrashmaslikka qaror qilishdi

Foto:«Narodnaya Pravda»

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va uning amerikalik hamkasbi Mayk Pompeo Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp uchrashuvi arafasida ko‘rishmaydigan bo‘lishdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Bu haqda AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert kecha o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.

«Bu haqda rejamizda hech narsa yo‘q», – degan Nauert.

Avvalroq Lavrov va Pompeo Suriya va Koreya yarimorolidagi vaziyatni muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, ikkala davlatning tashqi ishlar vazirlari shu yil 16 iyul kuni Helsinkida o‘tkazilishi kutilayotgan Putin–Tramp uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish, tomonlarning kelgusidagi aloqalarini, shu bilan birga, strategik barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatlashib olishgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring