Latviyada tug‘ilishlar soni — O‘zbekistondagidan 60 baravar kam!
Latviyada 2022-yilda so‘nggi 100 yildagi eng past tug‘ilish darajasi qayd etildi. 2022-yilda ushbu Boltiqbo‘yi mamlakatida tug‘ilish 2021-yilga nisbatan 10,8 foiz pasaygan.
Mamlakat statistika departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, 2022-yilda Latviyada 15 535 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ya’ni so‘nggi bir asrdagi eng past ko‘rsatkich.
Tasavvur qilish uchun: O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda 932,2 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ya’ni Latviyadagidan 60 baravar ko‘p!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter