Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni aniqlashga qancha vaqt kerak bo‘ladi?

Koronavirusni aniqlashga qancha vaqt kerak bo‘ladi?

Foto: «123ru.net»

Gonkong politexnika universiteti olimlari bir soat ichida respiratorli kasalliklar, jumladan, yangi turdagi koronavirus bilan bog‘liq 40 tagacha bakteriya va virusni tashxislay oladigan tizimni ishlab chiqishdi, deya xabar berdi «South China Morning Post» gazetasi.

Xabarlarga ko‘ra, gonkonglik olimlar koronavirus ekspress-diagnostikasi uchun portativ moslamani ishlab chiqishgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, u 40 daqiqada tashxis qo‘yishi mumkin.

Nashrning yozishicha, mazkur tizim shifokorlarga noxush alomatlar qayd etilgan bemorlarga tashxis qo‘yishni tezlashtirishga yordam beradi. Mana, masalan, yangi tipdagi koronavirus va respiratorli kasalliklarning boshqa ayrim turlari bir xil ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin.

«Hozirda mavjud bo‘lgan testlar bir paytning o‘zida bakteriya yoki viruslarning bittadan uchtagacha bo‘lgan tipini aniqlashi mumkin. Bordi-yu, 40 ta patogenni aniqlashga to‘g‘ri kelsa, testni o‘tkazish uchun 40 kishi jalb etilishi yoki bitta shifokor 40 marta tekshiruv o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi», — deydi universitet vakili professor Terens Lau Lok-tin.

Test o‘tkazish uchun material maxsus kartrijga olinadi. So‘ng u avtomatik tahlil uchun moslamaga joylanadi. Natija bir soatlarda tayyor bo‘ladi. Olimlar bunday moslama taxminan bir necha yuz Gonkong dollariga baholanishidan umid qilishmoqda. Chunki hozirda mavjud testlarning narxi bir ming Gonkong dollaridan ortiqdir (129 AQSh dollari).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring