Kolumbiyada yo‘l haqini to‘lamaganlar uchun noodatiy jazo belgilandi
Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida avtobuslarda yo‘l pulini to‘lmaganlar farroshlik qilish bilan jazolanadi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.
«VBC» tarqatgan xabarlarga ko‘ra, transport politsiyasi Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida «Transmilenio» jamoat avtobusida yo‘l haqini to‘lamagan 50 kishini bekatlarni tozalashga majbur qilgan.
Bu g‘aroyib jazoni poytaxtliklar iliq kutib olishdi.
So‘nggi paytlarda Bogotada temir-betonlardan sakrab o‘tib, yo‘l haqi to‘lamasdan avtobuslarga osilish holatlari ko‘p kuzatilyapti.
Mamlakat miqyosida «Transmilenio» avtobuslariga har kuni 2,6 million kishi chiqsa, ulardan 70 minggi yo‘l haqini to‘lamas ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter