Kolumbiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Bugun 27-may kuni Kolumbiyada prezidentlik saylovlari boshlandi. Mamlakatda jami 36,2 million kishi ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ular uchun 11,2 ming saylov uchastkalari ochilgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Saylovlarda olti nafar nomzod— Ivan Duke, Gustavo Petro, Umberto de la Kale, Serxio Faxardo, Herman Vargas va Xorxe Antonio Truxilo ishtirok etmoqda.
Agar birinchi turda g‘olib bo‘lmasa, ikkinchi tur 17-iyun kuni tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter