Kolumbiyada ommaviy qirg‘in sodir etildi
Kolumbiyada qahva fermasining to‘qqiz nafar ishchisi noma’lum jinoyatchilar tomonidan otib o‘ldirildi. Bu mamlakat janubi-g‘arbiy qismidagi Uila departamentidagi birinchi qirg‘in emas, deb yozadi «RIA Novosti».
Kolumbiyaning Indepaz taraqqiyot va tinchlikni o‘rganish instituti xabariga ko‘ra, ushbu hodisa Uila departamenti Algesirase shahrida sodir bo‘lgan. Kebradon-Sur qishlog‘idagi Palmir fermasida to‘qqiz kishi o‘ldirildi. Bu ushbu fermadagi odamlarning uchinchi ommaviy qotilligi hisoblanadi.
Kolumbiyada 2021-yilda shunga o‘xshash jinoyatlar 40 marta sodir bo‘lgan. Tinchlik instituti ta’kidlashicha, yil boshidan beri 41 qurolli hujum natijasida 158 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar eng ko‘p Narino, Antiokia, Kauka va Vale-del-Kauka hududlarida qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter