Kolumbiya Falastin mustaqilligini tan oldi
Kolumbiya Falastinni mustaqil davlat deb tan oldi. Bu haqda Falastinning Bogotadagi elchixonasi saytida xabar berilgan, deb yozmoqda «Korrespondent.net».
«Falastin elchixonasi Kolumbiya Respublikasi hukumati Falastinni erkin, mustaqil va suveren davlat sifatida tan olganini ma’lum qilish sharafiga ega bo‘ldi»,-deyiladi diplomatik vakillik xabarida.
Diplomatlar Falastin Kolumbiyani «doim tinchlik izlovchi qardosh xalq» sifatida ko‘rganini va «mustaqillikni tan olish ikki xalqni yaqinlashtirishi»ni ma’lum qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Vatikan ham Falastin mustaqilligini tan olgan edi. Shu sababdan Isroil Vatikan bilan aloqalar yomonlashishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Falastin tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytgacha 139 ta davlat Falastinning mustaqilligini tan olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter