Kobuldagi portlash qurbonlari soni ortmoqda

Kobuldagi maktablarda sodir bo‘lgan kuchli portlashlar oqibatida qurbonlar soni ortib bormoqda. Bu haqda mahalliy matbuot xabar tarqatdi.
«Abdulrahim Shahid» maktabidagi portlash oqibatida hozircha 22 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni aniq emas. Portlash jabrlanganlari haqidagi ma’lumot har daqiqada o‘zgarayotgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi bir nechta maktabda portlashlar sodir bo‘lgan. Hozircha hech bir tashkilot buni zimmasiga olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter