Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobul aeroportida portlash yuz berdi

Kobul aeroportida portlash yuz berdi

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi bugun Hamid Karzay nomidagi Kobul xalqaro aeroporti darvozasi oldida portlash yuz berganini tasdiqladi.

Uning aytishicha, portlash mahalliy vaqt bilan 16:15 larda sodir bo‘lgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Ayni paytda turli davlatlar o‘z fuqarolarini Afg‘onistondan tezroq olib chiqish payiga tushgan. AQSh eng ko‘p fuqarosi joylashgan davlat sifatida 31 avgustgacha ulgurishi kerak.

Fransiya o‘z fuqarolari va diplomatik rasmiylariga mamlakatni tark etish uchun esa ertaga kechgacha muhlat berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring