Kim Chen In Pxenyanda Kuba rahbari bilan uchrashdi
KXDR rahbari Kim Chen In va Kuba Davlat kengashi va vazirlar kengashi rahbari Migel Dias-Kanel Bermudes Pxenyandagi yuqori martabali mehmonlar uchun mo‘ljallangan Pekxvavonda muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
«Kim Chen In va Migel Mario Dias-Kanel Bermudes bir-birini ikki mamlakatdagi partiyalar faoliyati, davlat boshqaruvi va malakasi bilan tanishtirdi»,- deyiladi «Yonhap» agentligi xabarida.
Ta’kidlanishicha, davlat rahbarlari iqtisodiyot, madaniyat, fan-texnika sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter