Kim Chen In otasini yod etish marosimiga bormadi
KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatning avvalgi rahbari va otasi Kim Chen Ir vafotining 11 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yod etish marosimida shaxsan ishtirok etmagan.
Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lumot bergan.
«Muhtaram Kim Chen In nomidan buyuk yetakchilar Kim Ir Sen va Kim Chen Ir haykallari oldiga gul qo‘yildi», deyiladi xabarda.
An’anaga ko‘ra, Kim Chen Irni xotirlash diplomatik va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, Shimoliy Koreya siyosiy va harbiy rahbariyati ishtirokida o‘tkazilardi.
Kim Chen Irni xotirlash marosimida Kim Chen Indan tashqari uning singlisi Kim Yo Chjon ham ishtirok etmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2011-yil Kim Chen Ir vafot etgach, Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter