Kim Chen In tahdidli chaqiriq bilan chiqdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yadroviy taktik qurollarni ommaviy ishlab chiqarishga chaqirdi.
Bu haqda Reuters agentligi Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi jangovar yadro kallaklari sonini ko‘paytirishga chaqirgan.
Jumladan, Kim Chen In yadroviy qarshi hujum uchun ballistik raketa yaratishni buyurdi. Shuningdek, u 600 mm kalibrli bir nechta raketa tizimlari (MLRS) yaratilishini e’lon qildi.
Bunda butun Janubiy Koreya hududiga zarba berish imkoni paydo bo‘ladi, deyiladi agentlik xabarida.
KXDR rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Pxenyan yaqin orada harbiy sun’iy yo‘ldosh uchiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter