Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In «buyuk o‘lim jangi»ga tayyorlanmoqda

Kim Chen In «buyuk o‘lim jangi»ga tayyorlanmoqda

KXDR yetakchisi Kim Chen In Mehnat partiyasi plenumidagi chiqishi chog‘ida mamlakat 2022 yilda «buyuk o‘lim jangida» g‘alaba qozonishi zarurligini e’lon qildi.

Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar berdi.

27-31 dekabr kunlari VIII chaqiriq KXDR Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasining VI plenumi bo‘lib o‘tdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, unda Shimoliy Koreyaning 2022 yilgi budjeti, 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar va yangi yilga mo‘ljallangan rejalar, agrar masalalar, partiya nizomidagi o‘zgarishlar va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Plenum yakunlari bo‘yicha qaror e’lon qilindi va u bir ovozdan ma’qullandi.

«Bosh kotib 2022 yil ulkan halokatli kurash bo‘lib, uni qat’iyat bilan boshlash va sotsializmning har tomonlama rivojlanishi uchun,  Buyuk Shimoliy Koreya xalqi va suyukli avlodlar uchun zarracha kechiktirmasdan g‘alaba qozonish kerakligini aytdi» , deyiladi agentlik xabarida.

Kim Chen In «buyuk o‘lim jangi» atamasi bilan nimani nazarda tutgani aniq emas. 

Avvalroq, Shimoliy Koreya rahbari ancha ozg‘in holatda ommaga ko‘rinish bergan va bu xavotirlarga sabab bo‘lgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring