Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kichkina shaharchada bir kunda 50 nafar millioner paydo bo‘ldi

Kichkina shaharchada bir kunda 50 nafar millioner paydo bo‘ldi

Foto: «Tvzvezda.ru»

Finlyandiyaning Siilin’yarvi shaharchasida bir yo‘la 50 kishi millionerga aylandi, deb xabar bermoqda «KP». Agar shaharcha aholisi 20 ming kishiga ham bormasligi nazarda tutilsa, juda ham g‘alati vaziyat.

Ammo sir tez orada ochildi: ma’lum bo‘lishicha, shahardagi bir guruh odamlar o‘rtaga pul tashlab lotereya chiptalarini xarid qilishgan va omadni qarangki, jek-potni yutishibdi.

Umumiy yutuq qiymati — 90 million yevro, yutuq o‘rtaga pul tashlaganlar o‘rtasida teng taqsimlangan.

Lotereya chiptalarini sotgan supermarket quvonchli voqea sharofatiga bayram uyushtirdi. Barcha xaridorlarni tortlar bilan siyladi, ammo tashkilotchilar g‘oliblar nomini oshkor qilishmadi.

Yutuqli chiptalarning egalari ham endi millionerga aylanishganini qattiq sir tutishmoqda. Sababini tushuntirish shart emas...

Ushbu yangilik nafaqat lotereyada yutganlarni, balki mahalliy hokimlikni ham suyuntirib yubordi. Siilin’yarvi meriyasidagilar 50 nafar milioner shaharcha iqtisodiyotini kuchaytirib yuborishiga qattiq ishonishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring