Kelinning otasi og‘ir dardga chalingani uchun to‘y shifoxonada bo‘lib o‘tdi
Amerikaning Konnektikut shtati Midltaun shahrida yashovchi ayol o‘lim to‘shagida yotgan otasining ham qatnashishi uchun shifoxonada turmushga chiqishga qaror qildi. Bu haqda KPLC 7 telekanali sayti xabar bermoqda.
Bayram arafasida Xuan Yestelaning nafas olishida muammo boshlandi. U tezda shifoxonaga yotqizildi. Tahlil natijalari unda saraton kasalligining oxirgi bosqichi boshlanganini ko‘rsatdi. Xuan qizi Sarani cherkovga olib borish orzusi ushalmay qolishidan xavotirga tushib qoldi.
Otasining orzusini ro‘yobga chiqarish uchun Sara va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Kristek to‘y marosimini shifoxonada tashkil etishga qaror qilishdi.
«Hammasi xuddi ertaklardagidek bo‘lishini xohlagandik», — dedi kelin.
To‘y 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Kelin sariq rangli himoya kostyumida, marosim ishtirokchilari esa niqob va qo‘lqopda bo‘lishdi.
«Otam yonimda bo‘lishi men uchun muhim», — deya ta’kidladi Sara.
Boshqa oila a’zolari va do‘stlar to‘yda Zoom orqali masofadan ishtirok etishdi. Saraning singlisi Alissa Brou sodir bo‘layotgan voqeani mashinadan kuzatib turdi.
Kelinning otasi 18-yanvar kuni hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter