Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Baydenga tegishli maxfiy hujjatlar topildi

Jo Baydenga tegishli maxfiy hujjatlar topildi

Pen Biden Center tahlil markazi AQShning amaldagi rahbari Jo Bayden vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlarni topdi. Bu haqda CBS News ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, noyabr oyi boshida oraliq saylovlar arafasida Baydenning ishonchli vakillari tomonidan o‘nga yaqin material aniqlangan. Maxfiy hujjatlar maxfiylik muhriga ega bo‘lmagan boshqa qog‘ozlar bilan bitta jildda saqlangan.

Topilma haqida Milliy arxivga xabar berilgan. Telekanal manbalarining aytishicha, hujjatlarni topshirishni prezident advokatlarining o‘zlari boshlagan.

AQSh bosh prokurori Merrik Garland mamlakat shimoliy okrugi bo‘yicha prokuroriga materiallarning kelib chiqishi va tahlil markaziga qanday tushganligini tekshirishni topshirgan. Shu bilan birga, Baydenning o‘zi go‘yo ularning mavjudligini advokatning xabaridan keyin bilgan.

Ma’lumot uchun, Jo Bayden 2009-yildan 2017-yilgacha Obama ma’muriyatida vitse-prezident lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring