Jinoyatlarni ochishda mushuklar yordam beradi
Kriminalistlar jinoyatlarni ochishda uy hayvonlari, birinchi navbatda mushuklardan foydalanishlari mumkin. Buni Avstraliyaning Filinders universiteti olimlari tajriba o‘tkazib isbotlashdi.
Hayvonlarning junlarida ularning yonida bo‘lgan odamlarning DNKlari uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Olimlar 15 ta xonadonda yashovchi 20 ta mushukning junidan namunalar hamda ularning egalarining DNK namunalarini olib o‘rganishdi. Mushuklardan olingan namunalarning 80 foizida insonga tegishli DNK topildi.
Aksariyat DNK molekulalari xonadon egalariniki bo‘lib chiqdi, qizig‘i, 6 ta mushuk junida begona odamlarning ham DNKlari topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter