Japarovning inauguratsiyasi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sadir Japarov
Qirg‘iz Respublikasining yangi saylangan prezidenti Sadir Japarov o‘z lavozimi majburiyatlarini bajarishga bir haftadan keyin kirishadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Sadir Japarovning inauguratsiyasi 28-yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida katta ustunlik bilan S.Japarov g‘alaba qozongandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter