Janubiy Osetiyada Rossiya tarkibiga kirish uchun referendum o‘tkaziladi
2022 yilning 17 iyul kuni Janubiy Osetiyada Rossiya tarkibiga kirish uchun referendum o‘tkaziladi.
Farmonni Janubiy Osetiyaning ketayotgan prezidenti Anatoliy Bibilov imzoladi. Holbuki, u 8 may kuni takroran o‘tkazilgan saylovda muxolifatchi Alan Gagloyevga mag‘lub bo‘lgandi...
Rossiya-Gruziya urushidan so‘ng, 2008 yil avgustida Moskva Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olgan. Janubiy Osetiyada Rossiya harbiy bazasi joylashgan, hudud Rossiya moliyaviy ko‘magiga bog‘lanib qolgan. O‘tgan yili respublika budjetining 83 foizini RF qoplab bergan. Gruziya Abxaziya va Janubiy Osetiyani o‘z hududi deb biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter