Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada oilasi bilan ajrashgan erkaklarga boshpana beriladi — faqat bir shart bilan

Italiyada oilasi bilan ajrashgan erkaklarga boshpana beriladi — faqat bir shart bilan

Illyustrativ surat

Italiyada oilasi bilan ajrashgan erkaklar uchun vaqtinchalik boshpanalar ochilmoqda, deb yozmoqda «Rossiyskaya gazeta».

Italiya — oilaviy qadriyatlar mamlakati. Agarda er-xotin ajrashib ketsa, aksariyat hollarda butun mulk, uy-joy xotin va bolalarga qoladi. O‘z-o‘zidan aholining kambag‘al qatlami qatoriga kirib qolgan er kamiga sobiq oilasiga aliment to‘lashga ham majbur.  

Aliment miqdori esa kattagina, chunki qonunchilikka ko‘ra, er-xotinning ajrashishi oila farovonligiga daxl qilmasligi kerak. Oilasidan «badarg‘a» bo‘lgan, topgani aliment to‘lashga ketayotgan erkaklar esa tanish-bilishlarinikida yoki mashinasida tunab yurishga majbur bo‘lishyapti.

Italiyada so‘nggi yillarda ajrashishlar soni ko‘payib ketdi. Bu butun mamlakat miqyosidagi muammoga aylanib ketishining oldini olish uchun ham mahalliy hokimiyatlar oilasi bilan ajrashgan erkaklarni vaqtincha boshpana bilan ta’minlashga qaror qilishdi. Faqat bir sharti bor — bu yerda bir yil yashashga ruxsat beriladi, shu vaqt ichida erkak o‘ziga doimiy ish va yashash joyi topishi shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring