Istanbul kuchli zilzilaga tayyorlanmoqda
Agarda Istanbulda 7,5 magnitudali zilzila yuz bersa, 90 mingga yaqin binoni vayron qiladi. Shahar muhofazasi va atrof-muhit departamenti rahbari Ayshen Erdinchler shunday dedi.
Ayni masala Istanbulni zilzilaga tayyorlash bo‘yicha yig‘ilishda ko‘rib chiqildi.
Istanbul hokimi Ekrem Imamog‘lu bunday kuchli zilzila oqibatida 260 mingga yaqin bino talafot ko‘rishi, 4,5 millionga yaqin aholiga vaqtincha boshpana kerak bo‘lishini aytdi.
Hokimning ta’kidlashicha, zilzila ro‘y berishi muqarrar, faqat oldindan aniq vaqtini bilish ilojsiz.
Zilzilaga hozirlik doirasida mas’ullar evakuatsiya uchun birinchi darajali yo‘llarni va tibbiy yordam ko‘rsatish markazlarini belgilab olishdi. Shahar chekkasida logistika markazlari uchun maydonlar ajratildi. Halokat yuz bergan taqdirda yordam shaharning uch aeroporti orqali qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter