Isroildan keskin bayonot: «Urushga sabab bo‘lsa ham Eronning hujumkorligiga barham berishda qat’iymiz»
![Isroildan keskin bayonot: «Urushga sabab bo‘lsa ham Eronning hujumkorligiga barham berishda qat’iymiz»](https://static.xabaruz.com/crop/5/4/720_460_95_548769025.jpg)
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu urushga sabab bo‘lsa ham Eronning hujumkorligiga barham berishda qat’iy ekanini aytdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
«Isroil davlati vaziyatni taranglashtirish tarafdori emas. Biroq har qanday hujumkor kuchlarga qarshi keskin va qat’iy bo‘lishni yoqlaydi», – deyiladi Netanyahu bayonotida.
Isroil bosh vaziri so‘nggi paytlarda eronlik harbiylar Suriyaga zamonaviy qurollar olib kirayotganini keskin tanqid qilgan. Eronning bu harakati Isroilga tahdid, deya baholangan.
B.Netanyahu o‘tgan hafta dushanba kungi bayonotida Isroil razvedkasi Eronning yadroviy qurollar ishlab chiqarish uchun maxfiy dastur ustida ishlayotgani haqidagi dalillarni qo‘lga kiritganini aytgan edi.
Xalqaro atom elektr agentligi (UAEA)ning yozma bayonotida esa «Eronda 2009 yildan keyin yadroviy portlovchi moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha hech narsa topilmagani» qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter