Isroil ruslarning Suriyadagi harbiy bazasi yaqiniga raketa hujumi uyushtirdi
Kecha, 14-avgust kuni Isroil armiyasi Eronning Suriyada joylashgan harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirdi. Hujum Rossiya harbiy bazasidan uzoq bo‘lmagan joyda amalga oshirilgan. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.
Isroil qo‘shinlari Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining Suriyadagi asosiy bazasi hisoblangan Tartus porti yaqinidagi Eron harbiy bazasi, radar stansiyasi va havo hujumidan mudofaa postiga bir nechta raketa hujumi uyushtirdi.
Bundan tashqari, Isroil armiyasi Damashqning shimoli-sharqida joylashgan Eronparast «Hizbulloh» radikal guruhi jangarilarining turar joylariga ham zarba bergan. Suriya armiyasining ma’lum qilishicha, raketa zarbalari oqibatida uch nafar askar halok bo‘lgan va uch nafar harbiy yaralangan.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi bir necha yil ichida Isroil armiyasi Suriyadagi Eron bilan bog‘liq bo‘lgan nishonlarga raketa zarbalari berib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter