Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Hamasning taklifini rad etdi

Isroil Hamasning taklifini rad etdi

Isroil  Hamas harakatining garovga olingan 50 nafar shaxsni ozod qilish evaziga bir necha kunlik sulh taklifini rad etdi. Garovdagilar guruhi muzokaralarda vositachi bo‘lgan Qatarga topshirilgan. Isroil bu taklifga rasmiy rad javobini yo‘lladi.

Bu qaror harbiy vazirlar mahkamasining tungi majlisida qabul qilindi, deya xabar berdi Yediot Achronot. Mudofaa vaziri Yoav Galantning ushbu pozitsiyasini Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Isroil armiyasi bosh shtab rahbari Gersi Xalevi va xavfsizlik boshlig‘i Ronen Bar qo‘llab-quvvatlangan. Oxir-oqibat, vazirlar Hamasga harbiy bosimning kuchayishi kelishuv imkoniyatlarini yanada yaxshilaydi degan qaror qilishgan.

Channel 12 xabariga ko‘ra, qaror qabul qilinishidan avval «qizg‘in bahs-munozaralar» bo‘lgan. Uchrashuvda Netanyahu bir muddat munozaralarni to‘xtatib, AQSh prezidenti Jo Baydenga qo‘ng‘iroq qilish uchun tashqariga chiqqan va undan Qatarga bosim o‘tkazishni hamda ozod etilganlar sonini kamida 70 kishiga yetkazishni so‘ragan. Baydenning elchisi Brett Makgerk bitimni muhokama qilish uchun shanba kuni Qatarga kelishi kutilmoqda, deb yozadi Yediot nashri.

Avvalroq Isroil tomonidan G‘azoda genotsid jinoyati sodir etilganini tasdiqlovchi dalillar ko‘p va shunga ko‘ra xalqaro advokatlar guruhi yahudiy davlati bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish bo‘yicha so‘rov yo‘llamoqchi ekani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring