Isroil HAMASga jiddiy taklif berdi: javob ma’lum
Isroil HAMAS harakatiga barcha garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektoridan isroilliklarning jasadlarini qaytarish evaziga o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildi, biroq guruh bu taklifni rad etdi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Misr va Qatar vositachiligida HAMAS guruhi va Isroil o‘rtasida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Manbalarning qayd etishicha, HAMAS Isroilning taklifini qabul etmay, falastinlik mahbuslarni ozod qilishni talab qilgan.
Shuningdek, Xamas Isroildan uzoq muddatli sulh so‘ragani, biroq Isroil tomoni bu taklifga javob berishdan bosh tortgani aytilmoqda.
Avvalroq, HAMAS vakillari Rossiya poytaxtiga borgani, buning ortidan Isroil Rossiyaga jiddiy norozilik bildirgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter