Isroil armiyasi reyd chog‘ida o‘nlab falastinlikni qo‘lga oldi

Isroil armiyasi G‘arbiy Sohildagi Selfit shaharchasidagi uylarga reyd uyushtirdi.
Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, oxirgi kunlarda Isroil askarlarining hududga bosimi kuchaygan va ular dahaga kiraverishda ham to‘siq o‘rnatgan.
Agentlikning xabar berishicha, reyd davomida 70 ga yaqin kishi, jumladan, keksa falastinliklar qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, Isroil kuchlari Selfitdagi Xaris qishlog‘ida reydlar uyushtirgan va Jenin shahrida falastinliklarga qarata o‘t ochgan.
2023 yil 7 oktyabrda Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari boshlanganidan beri Isroil askarlari va ko‘chmanchilarining falastinliklarga hujumlari va hibsga olishlari ham ortdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter