Isroil armiyasi HAMAS qo‘mondonining oila a’zolarini halok qildi

Muhammad ad-Deif 1990 yillarning o‘rtalaridan beri HAMASning harbiy qanotiga rahbarlik qiladi. Isroil harbiylari qo‘mondonni o‘ldirishga bir necha bor uringan, hujumlardan birida u og‘ir yaralangan. Taxminlarga ko‘ra, 2006 yildagi hujumlardan birida u bir ko‘zi, qo‘li va oyog‘idan ayrilgan.
Isroil mudofaa kuchlari Falastinning HAMAS harakati harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad ad-Deifning G‘azo sektoridagi uyiga hujum qildi, deb xabar bermoqda Al Mayadeen.
Natijada qo‘mondonning otasi, ukasi, bolalari va boshqa qarindoshlari o‘ldirilgani aytilmoqda. Bu haqda Isroilning Haaretz gazetasi xabar berdi.
Ad-Deifning o‘zi qayerda ekani ma’lum emas.
Isroil armiyasi shuningdek, 11 oktyabrga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi Al-Furqon hududidagi 200 ta nishonga zarbalar berganini qayd etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter