Ispaniyalik ayol 25 yil uy yumushlarini bajargani uchun to‘lov undirish maqsadida erini sudga berdi
Ispaniya sudi erkakni sobiq xotiniga 25 yil uy bekasi bo‘lib ishlagani uchun pul to‘lashga majbur qildi.
NDTV telekanali xabariga ko‘ra, ajrashish jarayoni davomida ayol sudga turmush o‘rtog‘ining xizmatini qilgani, ya’ni uy tozalagani, kiyimlarini yuvgani, osh-ovqatini pishirgani uchun erkak unga 200 ming yevro qarzdorligini isbotlay olgan.
Erkak sobiq xotiniga turmush qurgandan keyingi yillar uchun eng kam yillik daromadning 25 baravari miqdorida haq to‘lashi shart. Bu mablag‘ 204 624,86 yevroni tashkil qilgan. «To‘ydan keyin ayol o‘zini asosan uy yumushlariga, jumladan uy, oila va u bilan bog‘liq barcha ishlarni bajarishga bag‘ishladi», deyiladi sud qarorida.
Ayolning advokati sudga uning 1995 yil iyunidan 2020 yil dekabrigacha bo‘lgan davrda har yili ishlab topishi mumkin bo‘lgan mablag‘ni aks ettiruvchi hujjatlarni taqdim etdi.
Er-xotinning ikki nafar qizi bor, ammo nikoh shartnomasiga ko‘ra, ularning nikoh paytida topilgan pullar va mol-mulk umumiy mulkka aylanmaydi. Natijada, turmushi davomida rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ayol ajrashgach bir chaqasiz qolishi mumkin edi.
Erkak qizlari uchun aliment ham to‘laydi.
Ayol sud qaroridan juda mamnun, chunki u ishning bunday natijasini adolatli va haqqoniy, deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter