Ispaniyadagi konsertda sahna qulashi oqibatida 300 kishi jabrlandi
Ispaniyaning Vigo shahrida dengiz sohilida o‘tkazilayotgan konsertda yog‘och sahnaning qulashi oqibatida 300 kishi jabrlandi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi. To‘qqiz kishi, shu jumladan, ikki nafar o‘smir hanuz shifoxonada davolanyapti.
Voqea kecha kechki payt «O Marisquiño» festivali doirasida konsert namoyish etilayotganda sodir bo‘lgan. Yog‘och sahna tomoshabinlarni ko‘tarolmay, qulagan. Tomoshabinlar suvga qulashgan.
Barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya xodimlari hamda o‘t o‘chiruvchilarning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar yo‘q. G‘avvoslar voqea joyida qidiruv olib borishayapti.
Port rahbari Enrike Sesar Lopes Veyganing aytishicha, yog‘och sahnalarning konstruksiyasida xatolik bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter