Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada parlament bosh vazirni lavozimidan chetlatdi

Ispaniyada parlament bosh vazirni lavozimidan chetlatdi

Foto:«Spainbg.com»

Ispaniya parlamenti deputatlari Mariano Raxoy rahbarligidagi hukumatga ishonchsizlik votumi bildirdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Deputatlar hukumatning ayrim a’zolarini korrupsiyada ayblab, ularni ozodlikdan mahrum etishni muhokama qilish maqsadida parlamentga yig‘ilishdi.

Bu tashabbus Sotsialistik partiya yetakchisi Pedro Sanchesdan chiqqan. Taklifni 180 deputat qo‘llab-quvvatladi, 169 nafari qarshi chiqdi, bir kishi betaraf qoldi. Natijada tashabbus egasi qo‘llab-quvvatlanib, hukumat yetakchiligiga saylandi.

«Ispaniya hukumatini qabul qilib olganimdan ko‘ra yaxshiroq shaklda yangi hukumatga topshirish menga g‘urur bag‘ishlaydi. Barcha ispaniyaliklarga tashakkur. Omad», – dedi Mariano Raxoy va yangi hukumat rahbari Pedro Sanchesni tabriklashni ham unutmadi.

Pedro Sanches dushanba kuni bosh vazir lavozimiga kirishadi va hukumatni shakllantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring