Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya 500 yil oldin sodir etilgan jinoyat uchun Meksikadan uzr so‘rashdan bosh tortdi

Ispaniya 500 yil oldin sodir etilgan jinoyat uchun Meksikadan uzr so‘rashdan bosh tortdi

Noma’lum musavvir chizgan rasm, XVII asrning ikkinchi yarmi

Foto: «Twitter.com»

Ispaniya 500 yil oldingi istilo uchun Meksikadan uzr so‘rashdan bosh tortdi. Bu haqda «Explica» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Ispaniya tashqi ishlar vaziri Arancha Gonsales Layya tashrif chog‘ida mustamlakachilarning qilmishi uchun kechirim so‘rab o‘tirmadi. Uning fikriga ko‘ra, buning o‘rniga ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlab, kelajakni ko‘zlash nihoyatda foydali bo‘ladi.

2019-yilda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Ispaniyadan 500 yil muqaddam hududni bosib olish paytida sodir etgan jinoyat uchun uzr so‘rashni talab qildi. Davlat rahbari Ispaniya qiroli Filipp VI ga ushbu mazmundagi maktubni yuborgan. Obradorning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy ravishda kechirim so‘rash — to‘liq yarashishga erishish uchun yagona mavjud yechimdir. Meksika istilo uchun emas, tub aholiga qilingan jinoyatlar uchun uzr so‘rashlarini xohlaydi.

Ernan Kortes boshchiligidagi ispan konkistadorlari 1521-yilda qamaldan so‘ng Tenochtitlanni ishg‘ol qilishgan. Birinchi safar ular 1519-yilda shaharga kirishgan, biroq qochishga majbur bo‘lishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring