Ispan politsiyasi IShIDning ashaddiy a’zosini qo‘lga oldi
Ispaniya milliy politsiyasi Yevropada qidiruvda bo‘lgan IShID terrorchilaridan birini qo‘lga tushirganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, u Suriya va Iroqning jang ketayotgan hududlarida bir necha yil bo‘lgan.
Jangarining ismi aytilmayapti. Politsiya qo‘lga olingan shaxs Misr millatiga mansubligini xabar bergan.
Jangari Ispaniyaga Shimoliy Afrika orqali noqonuniy kirib olgan. U Almeriyada ikki nafar shaxs bilan birga qo‘lga olingan. Sheriklarining guruhga aloqasi o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter