Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroqda kuchli qum bo‘roni: 1800 dan ortiq odam bo‘g‘ilishdan aziyat chekdi

Iroqda kuchli qum bo‘roni: 1800 dan ortiq odam bo‘g‘ilishdan aziyat chekdi

Iroqda yuz bergan kuchli qum bo‘roni oqibatida 1,800 dan ortiq odam nafas olishda qiyinchilikka duch keldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabariga ko‘ra, 700 dan ortiq odam tibbiy yordam so‘rab shifoxonalarga murojaat qilgan. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor. Bo‘ron sababli ko‘rish masofasi atigi bir kilometrgacha. Bu holat Najaf va Basra kabi yirik aeroportlar faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Iroq meteorologiya xizmati bo‘ron Saudiya Arabistoni va Iroq janubi-g‘arbidan kirib kelganini ma’lum qildi. Eng ko‘p zarar janubiy va markaziy hududlarga yetgan.

Mutaxassislar fikricha, Iroqda bunday chang bo‘ronlari soni yanada ortishi mumkin. BMT esa Iroqni iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan beshta davlatdan biri deb e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring