Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqlim isishini o‘z tanida his etayotgan qushlar kichrayib boryapti

Iqlim isishini o‘z tanida his etayotgan qushlar kichrayib boryapti

Foto: «Ferra»

Luiziana universiteti olimlari global iqlim o‘zgarishlari oqibatida Amazonkaning tropik o‘rmonlarida yashovchi qushlarda yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlarni aniqlashdi. Olingan ma’lumotlar nafaqat qushlarning soni, balki ularning tana o‘lchamlari, qanotlari uzunligi jiddiy «tahrir»ga uchraganini ko‘rsatdi.

Amazonka qushlari qirilib, tiriklarining esa qanotlari uzunlashib boryapti — beayov iqlim isishiga qanotli jonivorlar shu tariqa moslashishga majbur.

15 mingdan ortiq alohida qushlarning ma’lumotlarini o‘rgangan olimlar, 1980-yillardagiga nisbatan, hozirgi qushlarning deyarli barchasida tana vazni o‘rtacha 30 grammdan 27,6 grammga pasayganini ko‘rishdi. O‘rtadagi farq anchayin jiddiy.

Olimlar buni shunday izohlashmoqda: iqlim yanada quruqlashgan va issiqlashgan, oqibatda qushlar qanotlariga tushadigan yukni kamaytirishmoqda. Qanotlarga tushadigan og‘irlik yuqori bo‘lsa, parvoz qilish uchun qanotlarni tezroq qoqishga to‘g‘ri keladi, bu esa ko‘proq quvvat talab qiladi, yanada ko‘proq issiqlik ishlab chiqariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring