Import qilsak ham, gazimiz arzon — Gruziya
Gruziya tabiiy gaz narxining arzonligi bo‘yicha Yevropada Ozarbayjondan keyin ikkinchi yo uchinchi o‘rinda turadi. Bu haqda hukumat yig‘ilishida Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili bayonot berdi.
Garibashvili Yevropada gaz narxi keskin qimmatlashganiga qaramay, Ozarbayjon bilan tuzilgan bitim sababli mamlakatda narxlar nisbatan pastligini ta’kidladi: «Shuning uchun barchani mas’uliyatli bo‘lishga va jamiyatda yolg‘on tasavvurlar uyg‘otmaslikka chaqiraman».
Bosh vazir mamlakatda benzin narxi bo‘yicha vaziyatga ham munosabat bildirdi. Uning aytishicha, Gruziya bu yonilg‘i narxi (arzonligi) bo‘yicha dunyoda 100-o‘rinda: «Biz na gaz, na neft chiqaramiz, Gruziya — importga qaram mamlakat. Fuqarolarimizni provokatsiyalarga berilmaslikka chaqiraman».
Eslatib o‘tamiz, Gruziyaning yirik shaharlarida benzin narxi oshishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter