Ilon Mask «Twitter»ni to‘liq sotib olmoqchi
«Tesla» va «SpaceX» kompaniyalarining egasi Ilon Mask yaqinda «Twitter» kompaniyasining eng yirik aksiyadoriga aylangandi.
Endi ma’lum bo‘lyaptiki, Mask mikrobloglar platformasini to‘liq o‘ziniki qilmoqchi: kechagi savdolarda sayyoramizning eng boy odami «Twitter» jami aksiyalari uchun $43,4 milliard taklif qilgan. AQSh Qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar shundan dalolat beradi.
«Bloomberg» yozishicha, o‘zining nazdida «eng yaxshi va so‘nggi» taklifni bergan Ilon Mask kompaniya ulkan salohiyatga egaligini bildirib, o‘sha salohiyatni ochmoqchi.
Maskning navbatdagi marketing yurishidan so‘ng, 14-apreldagi premarkayetda «Twitter» aksiyalari 12 foizga qimmatlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter