Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimi xoinligi uchun 13 yilga qamaldi

IIB xodimi xoinligi uchun 13 yilga qamaldi

Moskva sudi ichki ishlar xodimi Aleksey Jitnyukni 13 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda «Moskva» agentligiga tayanib, RIA «Novosti» xabar bermoqda.

A. Jitnyukka doir jinoyat ishiga «mutlaqo maxfiy» tamg‘asi bosilgani bois sud yopiq tarzda o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq ishchi ishlar xodimi Markaziy Razvedka Boshqarmasiga «ishlab», Rossiya harbiy dengiz-flotiga oid ma’lumotlarni yetkazib turgan.

U roppa-rosa bir yil avval maxsus operatsiya natijasida norvegiyalik shpion Furde Berga bilan qo‘lgan olingan edi. Aytishlaricha, F. Berga maxfiy ma’lumotlarni A. Jitnyukdan olib, kerakli joyga yetkazish bilan shug‘ullangan. Norvegiyalikka qanday jazo tayinlangani haqida esa hozircha ma’lumot yo‘q.

Mahkum Rossiya poytaxti tumanlaridan birida uchastka noziri bo‘lib ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring