Hindistonda yangi tug‘ilgan qizcha tiriklayin ko‘mib yuborildi
![Hindistonda yangi tug‘ilgan qizcha tiriklayin ko‘mib yuborildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_3272911223.jpg)
Hindistonda yangi tug‘ilgan qizcha tiriklayin ko‘milgan. Bu haqda Times of India ma’lum qildi.
Bola Hindistonning janubi-sharqiy sohilidagi Vishakxapatnam shahrida tug‘ilgan. Nashrning yozishicha, chaqaloq juda erta tug‘ilgan va shifokorlar bolaning onasiga homila Daun sindromi bilan og‘riganini ma’lum qilgan.
Erta tug‘ilishdan ko‘p o‘tmay, chaqaloqda hayot alomatlari deyarli to‘xtatgan. Qizning oilasi avval krematoriyaga borgan, u yerda dafn xizmati xodimlari dafn marosimini o‘tkazishdan bosh tortgan.
Sababi ularning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt kishi mashinada krematoriyagacha yetib kelishib, bolaning jasadi solingan sumkani tutqazishgan, xodimlar sumkani ochganda, bola tirik ekanligini ko‘rishgan.
Krematoriy oilaning talabini bajarishdan bosh tortganidan so‘ng, bolani olib ketishgan va o‘zlari qabristonga dafn etishgan.
Ma’lumot uchun, hindlarning an’anaviy dafn marosimida marhum olovda kuydiriladi. Faqat ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar jasadi bundan mustasno.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter