Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda milliondan ortiq bolalar maktabga bormayapti

Hindistonda milliondan ortiq bolalar maktabga bormayapti

Foto: Hindustan Times

Hindistonda 2024-2025-o‘quv yilida maktabga bormayotgan bolalar soni 1,1 million nafardan oshdi. Hindustan Times yozishicha, mamlakat ta’lim vaziri deputatlardan birining so‘roviga yozma javobida shunga iqror bo‘lgan.

«Ta’lim olish imkoniyati cheklangan bolalar soni eng ko‘p Uttar-Pradesh shtatida — 784 228 nafar, undan keyingi o‘rinlarda Jarkhand (65 070) va Assam (63 848) shtatlari», — dedi ta’lim vazirining o‘rinbosari Jayant Chaudhari.

Hindiston ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2021–2022-o‘quv yilida maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar jami soni 265 235 830 nafar bo‘lgan. Shundan 127 335 252 nafari — qizlar, 137 900 578 nafari — o‘g‘il bolalar. 2021-yilda Hindistondagi 1,48 milliontadan ziyod maktabda qariyb 10,55 million nafar o‘qituvchi dars bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring