Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda kaptar josuslikda ayblandi

Hindistonda kaptar josuslikda ayblandi

Hindistonning Mumbay shahri politsiyasi josuslikda gumon qilingan kaptarni ozod etishga qaror qildi. Qafasda 8 oy «mahbus» sifatida tutib turilgan qush nihoyat uchirib yuborildi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berdi.

Kaptar 2023 yil may oyida Mumbay yaqinidagi Chembur portida tutib olingan. Qushning ikki panjasida mis va alyuminiydan yasalgan qo‘sh halqa bo‘lib, ularda xitoycha yozuv darj etilgan. Mahalliy politsiya kaptarni Xitoy tomoni ayg‘oqchi sifatida yuborgan degan gumonga borib, tekshiruvga yuborgan. Pirovardida qush Tayvandagi ochiq havzalarda tashkil etilgan poygada qatnashgani va Hindiston hududiga tasodifan kirib qolgani aniqlangan. Shu tariqa jonivor josuslik ayblovidan xalos bo‘lgan.

Darvoqe, «aybsiz aybdor»ni ozod qilishda Hindistondagi hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar ham jonbozlik ko‘rsatgan.

Hindistonda kabutarlarning josuslik ayblovi bilan «hibs» etilishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. 2020 yilda Kashmir aholisi pokistonlik baliqchiga tegishli kaptarni «shifrlangan xabar olib ketyapti» degan gumon bilan politsiyaga topshirgan, tekshiruvlar xavotirlar asossiz ekanini ko‘rsatgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring