Hindiston rupiyasi quladi

Pokiston bilan siyosiy vaziyat tanglashishi fonida Hindiston milliy valyutasi qiymati keskin pasaydi, deb xabar berdi Bloomberg.
Valyuta kursi 1,1 foizga pasayib, 1 dollar 85,7913 rupiyani tashkil etmoqda, bu 2022-yil fevralidan buyon kuzatilgan eng chuqur qulashdir.
Rupiyaning qadrsizlanishi Pokiston Hindistonning uchuvchisiz qurilmalarini urib tushirgani haqida bayonot berganidan so‘ng kuzatildi. Hindiston javoban Pokistonning havo hujumiga qarshi tizimi yo‘q qilingani to‘g‘rida xabar tarqatdi.
Ikki yadroviy davlat nizosi moliya bozorlarida aks-sado beryapti, mintaqaga sarmoya kiritmoqchi bo‘lganlar rejalarini o‘zgartirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter