Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Pokistonga raketalarda zarba berdi

Hindiston Pokistonga raketalarda zarba berdi

Foto: BBC

Hindiston Pokistonga raketalarda zarba berdi — Hindiston mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, «Sindur» harbiy amaliyoti doirasida Pokistondagi 9 ta obyektga hujum qilingan.

Bayonotda Hindistonga qarshi terrorchilar infratuzilmasiga zarba berilgani va Pokistonning bironta harbiy ob’yekti nishonga olinmagani aytiladi.

Ammo Pokiston rasmiylari Hindiston raketalaridan tinch aholi jabr ko‘rgani, ikki kishi halok bo‘lgani va 12 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

SAMAA TV xabar berishicha, Pokiston Hindistonga javob zarbalarini bergan. Hozircha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Hindistonning ikkita qiruvchi samolyoti urib tushirilgan.

BMT bosh kotibi Guterrish hamda AQSh prezidenti Tramp tomonlarni murosaga chaqirdi.

CNN yozishicha, ikki mamlakat o‘rtasida urush kechgan 1971-yildan buyon ilk marta Hindiston Pokistonning bahsli bo‘lmagan (Kashmirdan tashqaridagi) ichki hududiga zarba bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring