Hayvonot bog‘idagi fojia: sher o‘z egasining boshiga yetdi
Slovakiyaning Kisutske Nove Mesto shahridagi hayvonot bog‘ida sher o‘zini ovqatlantirmoqchi bo‘lgan egasini o‘ldirdi, deb xabar berdi tvnoviny.sk portali.
«Arslon Kisutske Nove Mesto shahridagi hayvonot bog‘i egasiga jarohat yetkazgan, natijada jabrdiyda olgan jarohatlari sabab vafot etgan», — deyiladi xabarda.
Voqea joyiga veterinar chaqirildi, u yirtqichni dorilar yordamida uxlatib qo‘ygan, shundan so‘ng qutqaruvchilar marhumning jasadini olib chiqib ketishgan.
Avvalroq AQShda amerikalik erkak stulda dam olayotgan paytda uning uyiga ayiq kirib kelgani xabar berilgandi. Ayiq erkakka zarar yetkazmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter