«Hamma dalaga!»: Lukashenko safarbarlik e’lon qildi (video)
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda kartoshka, lavlagi, makkajo‘xori va zig‘ir kabi asosiy ekinlarni sifatli va o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish uchun, kerak bo‘lsa, o‘quvchi va talabalarni ham safarbar etish lozimligini uqtirdi.
Uning ta’kidlashicha, Belarus qishloq xo‘jaligi uchun mahsulotlarini Rossiya va Xitoyga eksport qilish uchun maqbul shart-sharoitlar yuzaga kelgan.
«Shuning uchun qayerlardagi sanksiya, safarbarlik, urush va shunga o‘xshagan bahonalar ketmaydi. Buni unuting. O‘z tumaningiz, odamlaringizni o‘ylang. Vaqtida ekish, qishga tayyorlanish, bahorgi ekishga tayyorlanish haqida bosh qotiring. Hammani safarbar qiling», — dedi Lukashenko.
Agar zarur bo‘lsa, yig‘im-terimga davlat xizmatchilari, maktab o‘quvchilari va talabalarni ham jalb etish kerak, qo‘shimcha qildi Belarus prezidenti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter