Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamas «yangi shartlar» tufayli Isroil bilan kelishuvni rad etdi

Hamas «yangi shartlar» tufayli Isroil bilan kelishuvni rad etdi

Hamas Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilishni rad etib, buni yangi shartlar qo‘yilgani bilan izohladi. Netanyaxu G‘azo sektorining Misr bilan chegarasini nazorat qilishni talab qilmoqda

Hamas harakati Qatar poytaxti Dohada o‘tgan muhokamalarda Isroilning so‘nggi taklifini rad etdi. Harakat bayonotida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu muzokaralarni izdan chiqarish va G‘azodagi urushni uzaytirish uchun «yangi shartlar va talablarni ilgari surmoqda», deya qayd etilgan.

Isroilning Kan telekanaliga ko‘ra, Netanyahu vazirlarga Hamas bilan kelishuvga erishish imkoniyatlari «mayda» ekanini aytgan. Isroil Bosh vaziri devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelman Netanyahuning o‘z telegram-kanalidagi bayonotidan iqtibos keltirdi: «Ta’kidlamoqchimanki, biz muzokaralar olib bormoqdamiz, lekin yon bermayapmiz. <...> Shu sababli, biz garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha ulkan sa’y-harakatlar bilan bir qatorda, biz o‘rnatgan va Isroil xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan tamoyillarga qat’iy amal qilamiz».

Isroil bosh vaziri idorasi aniqlik kiritishicha, Netanyahu G‘azo sektorining Misr bilan chegarasidagi koridori nazorati Isroilda qolishi haqida yangi shart qo‘ygan.

Tomonlar o‘zaro muzokaralarni buzganlikda ayblashlari fonida AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Tel-Avivga bordi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring